O’zbekistonda 2018 yil — “Faol tadbirkorlik, innovastion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” va 2018 yil Qozog’iston Respublikasida “O’zbekiston” yili munosabati bilan Toshkent avtomobil va yo’llar kasb-hunar kollejida ta’lim tizimini yanada kuchaytirish va hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2018 yil 24 yanvar kuni Chimkent transport yo’llari kolleji bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Uchrashuv davomida hamkorlik yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

      

Leave a Comment