RAHIMBERDIYEV  SALIM  SAMIYEVICH

Rahimberdiyev Salim Samiyevich – 1962 yilda Chust shahrida tug`ilgan, millati — o’zbek, ma`lumotli — oliy. 1980 yili o’rta maktabni tamomlab, Toshkent avtomobil va yo’llar institutining avtomobil xo’jaligi yo’nalishining kechki bo’limiga o’qishga kirgan. O’qish davrida 1981-83 yillar davomida harbiy xizmatni o’tabqaytgach, o’qishni davom ettirish bilan birgalikda, 1984 yildan boshlab Toshkent shahridagi 3-avtokombinatga omborchi, 1986 yildan boshlab ishlab chiqarish masteri, katta master lavozimida ishlagan.

1988 yilda institutni tugatib, injener-mexanik mutaxassisligini olgan. 1989 yilda Toshkent avtomobil va yo’llar texnikumiga «Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash» fani o’qituvchisi sifatida ishga qabul qilingan. 1995 yildan mutaxassislik fanlari sikl raisi, 1997 yildan kunduzgi bo’lim boshlig’i lavozimiga tayinlangan.

S.S.Raximberdiyev o’z ish faoliyati davomida: Amaliy mashg’ulotlar, kurs loyihalarini bajarish bo’yicha 10 dan ortiq metodik va uslubiy qo’llanmalar tayyorladi, O’MKHT markazi qoshida tashkil qilingan o’quv xonalarini zamon talabida jihozlash bo’yicha mahalliy ekspertlar guruhi a’zosi.

Yangi tarmoq standartini yaratishda ishtirok etgan. 2004 yilda “Inwent” loyihasi bo’yicha Germaniyaning Manxaym shahrida joylashgan kasbiy-malaka oshirish institutida bir yillik kursda malaka oshirgan hamda 2005-2007 yillarda multiplikator sifatida Germaniyaga malaka oshirish uchun ketishga tayyorlanayotgan guruhlarga “Avtomobillar tuzilishi va terminologiyalari” fanidan dars bergan.

Hozirda kasbiy ta’lim va monitoring bo’yicha rahbar o’rinbosari lavozimida 2010 yildan ishlab kelmoqda.